Salohning «Liverpul»ga o'tishi xayrli ishlarga yo'l ochdi

Muhammad Saloh nafaqat «Liverpul» klubi yetakchisi hisoblanadi, balki u musulmon madaniyatining elchisi sifatida muhim rol o’ynaydi.

Stenford universitet tomonidan 2 yil avval o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, u «Liverpul»ga o’tgach, shaharda musulmonlarga bo’lgan nafrat tufayli amalga oshirilgan jinoyatlar 18,9 foizga kamaygan bo’lsa, «Liverpul» fanatlari tomonidan musulmonlarga qarshi yozilgan tvitlar soni 50 foizga pasaygan. Shu sababga ko’ra, «Time» jurnali Salohni 2019 yilning eng nufuzli 100 nafar insonlar qatoriga kiritdi.

Shuningdek, mersisaydliklar sardori Jordan Xenderson «The Times»ga bergan intervyusida Saloh haqida quyidagicha fikr bildirgandi:

«Kiyinish xonasida biz Islom diniga nisbatan behurmatlik qilmaymiz. Butun dunyoda shunday bo’lishini istardik», — degandi Xenderson.

Bundan tashqari, Saloh tufayli «Liverpul» sovrinlarni nishonlash paytida alkogolsiz shampan vinosidan foydalana boshlagan.