Runi Ronalduni afsona deb atadi

“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi, “Di Si Yunayted”ning amaldagi bosh murabbiyi Ueyn Runi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

“Ronalduning “Manchester Yunayted” uchun qilgan ishlari ajoyib. Va u Premyer-liga chempionligini qo’lga kiritdi, Chempionlar ligasida g’olib chiqdi, ko’plab gollar urdi. Shunday ekan, muxlislar, futbolchilar, ayniqsa, mening davrimda u bilan birga o’ynagan sobiq jamoadoshlari, Ronalduning “Manchester Yunayted” uchun qilgan ishlarini hech qachon unutmaydi, deb o’ylayman. Chunki mening nazarimda u hamisha klub afsonasi bo’lib qoladi”, — dedi Runi.
Eslatib o’tamiz, Ronaldu 2022 yilning noyabrida “Manchester Yunayted”ni tark etgandi. Keyinroq hujumchi “An-Nasr” bilan shartnoma imzoladi.