«PSJ»ning sobiq yarim himoyachisi Jerom Roten Lionel Messini «Loryan»ga qarshi (1:3) halokatli o’yindan keyin Saudiya Arabistoniga borganini tanqid qildi.
«Bu uning befarqligidan dalolat beradi. Messining «PSJ»ga o’tishi omadsiz edi. Uning vijdoni yo’q. U noprofessional harakat qilmoqda. «Loryan»ga qarshi o’yinning Messi foydasi yo’q edi. «PSJ» umuman mag’lublar jamoasiga o’xshardi. Klub qiynalyapti, Leo esa bundan ham battar azobda. Hammasi juda uzoqqa ketdi», – dedi Roten RMC Sport nashriga.
Fransiya chempionatining joriy mavsumida Messi 28 ta o’yin o’tkazib, 15 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi.
Izohlarni ko`rish