Xabaringiz bor, afsonaviy braziliyalik futbolchi 83 yoshida uzoq davom etgan kasallikdan so’ng vafot etdi.
Angliya Premyer-ligasi matbuot xizmati 30 dekabrdan 1 yanvarga qadar bo’lib o’tadigan navbatdagi tur o’yinlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanishini ma’lum qildi. Futbolchilar shu tariqa Pelening futbolga qo’shgan hissasini xotrilashadi.
Qayd etilishicha, futbolchi va rasmiylar (hakamlar) qora bog’ich bilan maydonga tushishadi.
Eslatib o’tamiz, Pele Braziliya terma jamoasidagi faoliyati davomida uch marta – 1958, 1962 va 1970 yillarda jahon chempioni bo’lgan.
Izohlarni ko`rish