Ronalduning agenti futbolchini «Barselona»ga taklif qildi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin, deb xabar beradi The Sun.

Manbaga ko’ra, 37 yoshli portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh «Barselona» rahbariyati bilan muzokara o’tkazgan. Avvalroq, Mendesh futbolchini «Chelsi» va «Bavariya»ga taklif qilgani haqida xabar berilgandi.

Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha «Real Madrid»da o’ynab, Madrid klubi bilan birga ikki karra Ispaniya chempioni va mamlakat kubogi sohibiga aylandi, shuningdek, 4 marta Chempionlar ligasida g’olib chiqdi.

Joriy mavsumda Ronaldu APLda 7 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.