Oksana Chusovitina JChda ishtirok etmaydi

Oksana Chusovitina Liverpulda 29 oktyabrda boshlanadigan Sport Gimnastikasi bo’ycha JChda ishtirok etmaydi.

Sportchi Sputnik muxbiriga xabar qilishiga ko’ra, u ayni damda 2023 yilda bo’lib o’tadigan JCh hamda va 2024 yildagi Parij Olimpiadasi musobaqalariga tayyorlanmoqda. Shu sababdan ham bu yilgi chempionatda ishtirok etmaslikka qaror qilgan.

Liverpulda O’zbekistondan ikki nafar gimnastikachi ishtirok etadi.