Ronalduda tanlash imkoniyati juda kam

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduning kelajagi hamon so’roq ostida qolmoqda.

37 yoshli futbolchi oldida fqat 2ta variant qoldi. U «Old Trafford»da qoladi yoki «Atletiko»ga o’tadi.

Portugaliyalik futbolchining agenti Jorje Mendesh mijozini boshqa jamoaga olib o’tish harakatini olib bormoqda. U chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoalar bilan muzokara olib bormoqda. Hozir agentning bu urinishlari muvaffaqiyatli chiqmayapti.

Eslatib o’tamiz, Ronaldu «Yunayted»ning mavsumoldi yig’inida ishtirok etmayapti.