Bugun Talandda dzyudo bo’yicha o’smirlar va yoshlar o’rtasida Osiyo chempionati o’z yakuniga yetdi, deya xabar bermoqda Sportni rivojlantirish vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, musobaqaning so’nggi ikki kuni yoshlar jami 14 ta vazn toifasida g’oliblik uchun tatamiga chiqishdi. Bugungi bellashuvlar og’ir vazn toifalarida kechdi va unda O’zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Qit’a chempionati yakunida esa Kamol Murodov va Iskandar Rasulov murabbiyligidagi o’zbekistonlik dzyudochilar 5 ta oltin, 1 ta kumush, 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 15 davlat orasida ikkinchi o’rinni egallashdi.
«Janubiy Koreya terma jamoasi 6 ta oltin, 1 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan bu borada birinchi bo’lishdi. Kuchli uchlikka 2 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan Qozog’iston terma jamoasi yakun yasab berdi»,-deyiladi vazirlik xabarida.
Quyida shohsupaga ko’tarilganlar bilan tanishing:
Oltin medal:
-48 kg: Halimajon Qurbonova,
-66 kg: Azizbek Ortiqov,
-57 kg: Shukurjon Aminova,
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov,
+100 kg: Islombek Ravshanqulov.
Kumush medal:
+100 kg: O’tkirbek To’raboyev.
Bronza medal:
-52 kg: Umida Jumaniyozova,
-63 kg: Farangiz Rejepova,
-70 kg: Shahlo Egamberganova,
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva,
+78 kg: Mohinur Parmonova,
-73 kg: Hojiakbar Toshev,
-81 kg: Nurbek Murtazoyev,
-100 kg: Muhammadqodir Mansurov.