Ronaldu so'nggi 15 yilda ilk marta FIFA ramziy jamoasidan o'rin olmadi

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu uchun 2022 yil faoliyatidagi eng muvaffaqiyatsiz yil bo’ldi. Ayni paytda «An-Nasr» sharafini himoya qilayotgan 38 yoshli futbolchi FIFA tomonidan tuzilgan ramziy jamoadan o’rin olmadi.

Vaholanki, Krishtianu 2007 yildan buyon mazkur jamoadan muntazam o’rin olib kelayotgandi.