«PSJ» safida yana bir muammo paydo bo’ldi. Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimiy 23 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo’ravonlikda gumon qilinmoqda. Hodisa yanvar oyi o’rtalarida sodir bo’lgan, deb yozmoqda Le Parisien nashri.
Ta’kidlanishicha, yoshlar Instagramda tanishgan, shundan so’ng qiz futbolchining oldiga, Bulon hududiga yetib kelgan. Xabarlarga ko’ra, Hakimiy qizga nisbatan tegajog’lik qila boshlagan, so’ng ustki kiyimini yecha boshlagan va o’sha paytda jabrlanuvchi qochishga muvaffaq bo’lgan va do’stiga murojaat qilib yordam so’ragan.
Agar bu ayblov o’z isbotini topsa, bu Hakimiy va «PSJ»ga qimmatga tushishi mumkin.
Izohlarni ko`rish