Ronaldu – Saudiya Arabistonida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

«An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida dastlabki shaxsiy sovriniga ega chiqdi.

38 yoshli portugaliyalik forvard fevral oyi yakunlariga ko’ra, Saudiya Arabistoni chempionatida oyning eng yaxshi o’yinchisi deb topildi.

Ronaldu fevral oyida Ar-Riyod klubi safida 4 o’yinda 8ta gol va 2ta assistga mualliflik qildi.