Besh karra “oltin to’p” sohibi Krishtianu Ronaldu yozda “Manchester Yunayted”ni tark etishi mumkin. Bu haqda La Repubblica xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, 37 yoshli hujumchi mankunianliklarning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xagning taktik sxemasiga to’g’ri kelmagani uchun ingliz grandini tark etishi mumkin.
«Roma» o’z jamoasida bosh murabbiy Joze Mourino va Krishtianu Ronalduni birlashtirishga jiddiy bel bog’ladi.
Rimliklarda transfer amalga oshishiga yagona to’sqinlik Ronalduning maoshi bo’lishi mumkin.
Izohlarni ko`rish