Ronaldu Portugaliyadagi eng qimmat ko'chmas mulk egasiga aylandi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliyada 18 million yevroga villa sotib oldi, deb xabar bermoqda The Sun.

Nufuzli hududda joylashgan uy Portugaliya poytaxti Lissabondan 40 daqiqalik masofada joylashgan. Maydoni 2720 kvadrat metr bo’lgan qasr uch qavatni egallaydi. Ronaldu yer sotib olish va villa qurish uchun 18 million yevro sarfladi. Bu holat Krishtianuning yangi uyini butun Portugaliyadagi eng qimmat ko’chmas mulkka aylantiradi. Villa 2023 yil boshida foydalanishga tayyor bo’lishi kutilmoqda.

Lissabon yaqinidagi bunday qimmat turar joyni sotib olish Ronaldu o’zi tarbiyalanuvchisi bo’lgan mahalliy «Sporting»ga ko’chib o’tishdan manfaatdor ekanligidan dalolat berishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, Ronalduning Premyer-ligada «Tottenxem»ga qarshi uchrashuv (2:0) tugashiga ikki daqiqa qolganida zaxiradan maydonga tushishdan bosh tortgani bilan bog’liq mojarodan so’ng, portugaliyalik qishki transfer oynasidayoq «Manchester Yunayted»ni tark etishi haqida mish-mishlar tarqala boshlagan edi.