Ronaldu Portugaliya termasida o'ynashda davom etadimi?

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida o’z fikrini bildirib o’tdi.

«U futbolchilar orasida muhim inson. U muhim pozitsiyada o’ynaydi. Hujumchi futbolda muhim rolni o’ynaydi. U juda katta tajribaga ega. Terma jamoa safida 198 ta o’yinda ishtirok etgan boshqa futbolchi yo’q. Bu biz uchun juda qadrli.

Men terma jamoa uchun murakkab va qiyin qarorlarni qabul qilaman. Mart oyida o’tkazgan o’yinlarimizda Krishtianu muhim rol o’ynaydi. Har bir o’yinga shunday munosabatni saqlab qolish muhim ahamiyatga ega», — dedi Martines.

Eslatib o’tamiz, Portugaliya terma jamoasi Yevro-2024 saralash bosqichi doirasida keyingi o’yinni 17 va 20 iyun kunlari o’tkazadi. Ularga Bosniya va Gersegovina hamda Islandiya raqiblik qiladi.