«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu APL 30-turidan o’rin olgan uchrashuvning 7-daqiqasida portugaliyalikni qarsaklar bilan qo’llab-quvvatlagan «Liverpul» muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.
“Bir dunyo… Bitta o’yin… Bitta global oila. Rahmat sizga «Enfild». Men va mening oilam ushbu hurmatni hech qachon unutmaymiz», – dedi Ronaldu ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o’tamiz, Ronaldu yangi tug’ilgan o’g’li vafot etgani uchun «Liverpul»ga qarshi o’yinni o’tkazib yuborgan edi.
37 yoshli futbolchi joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida 34 ta o’yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izohlarni ko`rish