Toshkent shahar Yunusobod tumani 260-maktabda 8–9-sinflar o’rtasida futbol bo’yicha chempionat bo’lib o’tdi. Qizg’in kechgan bellashuvlarda 8- «E» sinf o’quvchilari uchinchi, 8-«K» sinf o’quvchilari ikkinchi va 9-«E» sinf o’quvchilari birinchi o’rinni qo’lga kiritdilar.
Quvonarlisi shundaki, ushbu maktab o’quvchilarining ko’pchiligi til o’rganish bo’yicha ham yuqori marralarga erishmoqda.
Hozirgi kunda maktab o’quvchilarining 32 nafari EILTS sertifikatiga ega.
Sertifikatlarni ballari bo’yicha sarhisob qiladigan bo’lsak, ularning bir nafari 8, 9 nafari 7 va undan yuqori, 16 nafari 6 va undan yuqori natija ko’rsatishgan. O’quvchilarning erishgan yutuqlarida, albatta, ustozlarning o’rni beqiyos.
Izohlarni ko`rish