Ronaldu klub miqyosidagi yubiley 700-golini urdi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya chempionatining 10-turidan o’rin olgan «Everton»ga qarshi o’yinning birinchi bo’limi yakunida gol urdi.

37 yoshli portugaliyalik bu mavsumda Premyer-ligada jamoasi uchun ilk golni urdi. Bungacha u faqat Yevropa ligasi o’yinida gol kiritgan edi.

Qayd etish joiz, bu gol portugaliyalik uchun klub faoliyatidagi 700-gol bo’ldi.

Krishtianu Ronaldu “MYu”dan (144 ta gol) tashqari, avvalroq “Sporting” (5 ta gol), “Real” (450 ta gol) va “Yuventus” (101 ta gol) klublarida o’ynagan.

Eslatib o’tamiz, Krishtianu Ronaldu terma jamoa safida gol urish bo’yicha ham jahon rekordiga ega. Portugaliyalikda allaqachon 117 ta gol mavjud.