Yaponiyalik tadqiqotchilar yig’layotgan chaqaloqni uxlatish uchun 13 daqiqalik texnikani taklif qildilar.
Ularning tavsiyasiga ko’ra, chaqaloqni ko’tarib, 5 daqiqa piyoda yurish lozim. Bunda chaqaloqlar yurak urish tezligi pasaygan, yig’lashdan to’xtagan. Qizig’i shundaki, aravachada sayr qildirish yoki chaqaloqni ushlab o’tirish kabi boshqa harakatlar bunday natija bermagan.
Tinchlangan yoki uxlab qolgan chaqaloqni 8 daqiqa ushlab o’tirish tavsiya qilingan. Bu birdan onaning bag’ridan ajralgan chaqaloqni uyg’onib ketmasligi uchun muhim deb ta’kidlaganlar. Ushbu maqola Amerika Pediatriya Akademiyasi tomonidan e’lon qilingan.
Izohlarni ko`rish