Hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiyaning «An-Nasr» klubidagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi. So’nggi paytlarda 38 yoshli portugaliyalik fuibolchining klubni tark etishi haqida xabarlar tarqaldi.
«Men «An-Nasr»da baxtliman. Kelgusi mavsum bundan ham yaxshiroq bo’ladi» – dedi TCR bilan suhbatda.
Ronaldu «An-Nasr»ga shu yilning yanvar oyida o’tgan. U bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolangan. Portugaliyalik futbolchining maoshi yiliga 200 million yevroni tashkil qiladi.
Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Krishtianu 15 ta jang o’tkazib, 14 ta gol (5 tasi penaltidan) va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izohlarni ko`rish