«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikkolo Chekkarini xabariga ko’ra, portugaliyalik futbolchining agenti Jorje Mendesh «Marsel» vakillari bilan muzokara o’tkazib, ehtimoliy transferni muhokama qilgan.
Avvalroq, Ronalduda faoliyatini davom ettirish uchun 2 ta variant qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi – «Borussiya Dortmund» yoki «Sporting Lissabon».
Ammo «Borussiya» bosh direktori Xans-Yoaxim Vatske 37 yoshli hujumchining vakillari bilan muzokara o’tkazmaganini aytdi.
Ronaldu bu mavsumda «MYu» tarkibida 2 ta o’yinni o’tkazdi. «Brayton»ga (1:2) qarshi bahsni zaxirada boshlab, ikkinchi bo’limda maydonga tushirildi. «Brentford»ga (0:4) qarshi to’liq o’ynadi. Har ikkala bahsda ham sermahsullikni namoyish etolmadi.