Saudiya Arabistonining «An-Nassr» klubi direktorlar kengashi rahbari Musli al-Muammar jamoaning yangi futbolchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
«Muzokaralar davomida Krishtianu u bilan xuddi boshqa futbolchilar bilan qanday muomala qilsak, shunday munosabatda bo’lishimizni xohlashini aytdi. U bizdan alohida e’tibor talab qilmadi», — deydi al-Muammar.
Avvalroq portugaliyalik futbolchida «An-Nassr»da bosh murabbiyni almashtirish huquqi bo’lishi haqidagi xabarlar yangragandi.
Ronaldu erkin agent maqomida arab klubi safiga kelib qo’shildi. 3 yanvar kuni Ar-Riyodda uning taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. Futbolchi poytaxt klubi bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma tuzgani va yiliga 200 million yevro maosh olishi xabar qilingandi.