Ronaldinoning o’g’li “Barselona” futbolchisiga aylanishi mumkin. Avvalroq “Kruzeyro” bilan shartnomasini bekor qilgan 17 yoshli Joau Mendes de Assis Moreyra “Barselona”da bo’lib, u yerda Kataloniya yoshlar jamoasida sinovdan o’tmoqda. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, Ronaldinoning o’g’li borasida yakuniy qarorni “Barselona” yoshlar jamoasi murabbiylari qabul qiladi. Joau Mendes hujumchi sifatida o’ynaydi.
Izohlarni ko`rish