«Yuventus» klubi va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Federiko Kyeza «Real»ga qiziqish bildirmoqda.
Yaqinda jiddiy jarohatidan forig’ bo’lgan 25 yoshli futbolchi klubdagi vaziyat tufayli «Yuventus»dan ketishga qaror qilishi mumkin.
Fichajes nashrining yozishicha, potensial xaridorlardan biri «Real» bo’lishi mumkin, u hujum chizig’ini kuchaytirish imkoniyatlarini o’rganmoqda.
Federiko Kyezaning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Joriy mavsumda futbolchi sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali italiyalik futbolchining narxini 60 million yevroga baholamoqda.
Izohlarni ko`rish