Tailand poytaxti mezbonlik qilayotgan boks bo’yicha U-22 Osiyo chempionatida qizlar o’rtasidagi yarim final bellashuvlari yakunlandi.
Ma’lum qilganimizdek, unda terma jamoamizning 8 nafar vakilasi final yo’llanmasi uchun ringga ko’tarildi. Yakunda ulardan 6 nafari oltin medal uchun kurashni davom ettiradigan bo’ldi.
-48 kg: Farzona Fozilova – Tipsatcha Yodvare (Tailand) – 5:0
-50 kg: Sabina Boboqulova – Kei Chi (Singapur) – 5:0
-52 kg: Feruza Kazakova – Ti Nguen (Vetnam) – 5:0
-54 kg: Nigina O’ktamova – Anel Sakish (Qozog’iston) – 5:0
-57 kg: Sitora Turdibekova – Viktoriya Grefeeva (Qozog’iston) – 4:1
-63 kg: Ziyoda Yarashova – Tananya Somnuek (Tailand) – 0:5
-66 kg: Navbahor Hamidova – Ankar Ichshanova (Qozog’iston) – 5:0
-81 kg: Sahobat Husanova – Pornipa Chuti (Tailand) – 0:5
Ishtirokchilar nisbatan kam bo’lgani bois Aziza Zokirova (-70 kg) va Sohiba Ro’zmetova (-75 kg) to’g’ridan to’g’ri finalda ringga ko’tarilishadi. Shu tariqa, chempionlik kurash olib boradigan qizlarimiz jami 8 nafarni tashkil etadi. Final bellashuvlari 25 yanvar kuniga belgilangan.