Ronaldu «Instagram»da «An-Nasr»dagi debyuti haqida post qoldirdi

Saudiya Arabistoni chempionati 14-turidan o’rin olgan bellashuvni «An-Nasr» o’z maydonida «Al-Ittifoq» klubiga qarshi o’tkazdi.
Ronaldu «Instagram»da «An-Nasr»dagi debyuti haqida post qoldirdi

Mazkur o’yinda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi. Yagona gol braziliyalik legioner Anderson Taliska tomonidan urildi.

Uchrashuvdan keyin riyodliklar safida debyut qilgan Krishtianu Ronaldu «Instagram»dagi sahifasida post qoldirdi.

«Birinchi o’yin, birinchi g’alaba – yaxshi uddaladik, yigitlar! Aql bovar qilmas darajada qo’llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman», – deya yozib qoldirdi Krishtianu.