Madridning «Real» jamoasi himoyachisi Marselo futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda Marca xabar berdi.
Qayd etilishicha, braziliyalik futbolchi «Real» bilan shartnoma borasida kelisha olmasa, faoliyatini yakunlashi mumkin. Futbolchining «qirollik» klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo’jallangan.
Avvalroq «Real» Marselo bilan shartnoma imzolamasligini ma’lum qilgan edi.
Izohlarni ko`rish