«Yuventus» klubi Italiya A seriyasi jadvalida 15 ochkodan mahrum qilindi. Boisi, jamoa moliyaviy qalloblikka qo’l urganlikda ayblandi.
Italiya futbol federatsiyasi sudi prokurorning iltimosnomasini qanoatlantirdi. Klub o’z kapitalining o’sishini soxta hujjatlar bilan ko’rsatgan. Prokuror «Yuventus»dan 9 ochko olib tashlashni so’ragandi. Ammo yakunda «Yuve»dan 15 ochko olib tashladndi.
Xuddi shunday ish bo’yicha «Sampdoriya», «Pro Verchelli», «Jenoa», «Parma», «Piza», «Empoli», «Novara» va «Peskara» klublari ham ayblanayotgandi. Ammo sud ularni oqladi.
Endi «Yuventus» hisobida 22 ochko qoldi. Jamoa jadvalda 10-pog’onani egallab turibdi.
Turinliklar sud qarori ustidan apellyatsiya berishi kutilmoqda.
Izohlarni ko`rish