Xalqaro dzyudo federatsiyasi sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi xabariga ko’ra, unda -90 kg vazn toifasida dzyudochi Davlat Bobonov birinchi o’ringa ko’tarilib olgan.
Bobonov joriy yil Jahon chempionatida kumush, Tokio-2020 Olimpiada o’yinlarida bronza medalini qo’lga kiritdi.
Qayd etish joiz, oxirgi marta dzyudochi Rishod Sobirov London-2012 Olimpiadasidan avval -60 kg vaznda birinchi o’rinda qayd etilgan edi.
Izohlarni ko`rish