«PSJ» yozda jamoa hujumchisi Neymar bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Klub sport direktori Luish Kampush braziliyalik futbolchining transferi borasida har qanday taklifni ko’rib chiqishga tayyor.
U Neymardan qutulish uchun quyidagi besh variantni ko’rib chiqmoqda:
— futbolchini sotish;
— futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berish;
— futbolchini keyinchalik sotib olish huquqisiz ijaraga berish;
— futbolchi maoshining bir qismini to’lashni o’z zimmasiga olgan holda ijaraga berish;
— shartnomani to’liq bekor qilish.
Izohlarni ko`rish