Parijning «PSJ» klubi yozda argentinalik uch nafar futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi L’Equipe.
Manbaga ko’ra, Anxel Di Mariya, Leandro Paredes va Mauro Ikardi jamoani tark etishi mumkin. Parij klubi rahbariyati 34 yoshli Di Mariya bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Paredesning jamoa ichidagilar bilan kelishmovchiliklari bor, Ikardining o’yini esa qoniqarsiz deb baholanmoqda. Biroq, Lionel Messi jamoada qoladi.
Di Mariya joriy mavsumda «PSJ» safida 25 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 29 yoshli Ikardi 30 o’yinda 5 ta gol urgan bo’lsa, 27 yoshli Paredes mavsumning 23 ta o’yinida 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Izohlarni ko`rish