Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush iste’foga chiqarildi.
Qayd etilishicha, iste’foga sabab qilib Portugaliyaning jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki sabab qilib ko’rsatilgan. Terma jamoa JCh chorak finalida Marokashga imkoniyatni boy berib (0:1) turnirni erta tark etishdi.
Shuningdek, kelayotgan haftada yangi bosh murabbiy tayinlanishi ham qayd etilgan.
Ma’lumot o’rnida Santush qo’l ostida Portugaliya Yevro-2016 va Millatlar Ligasining 2019 yilgi mavsumida chempion bo’lgan.
Izohlarni ko`rish