Superog’ir vazn toifasida intiqlik ila kutilayotgan chempionlik revansh jangi Yevropa yoki AQShda o’tkazilmasligi mumkin.
Superog’ir vaznda WBA Super, WBO, IBF va IBO yo’nalishlari chempioni Aleksandr Usik ushbu kamarlarning sobiq sohibi Entoni Joshuaga qarshi jangga tayyorgarlik ko’rish uchun urush bo’layotgan Ukrainani tark etgandi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko’ra, ushbu revansh jangi 25 iyun kuni Saudiya Arabistonida o’tkaziladi.
Usik – Joshua jangi The Ring jurnali tomonidan 2021 yilning «Yil voqeasi» deb topilgandi.
Eslatib o’tamiz, 12 raund to’liq davom etgan ilk jangda ukrainalik bokschi 116-112, 117-114, 115-113 hisobida g’alaba qozonib, WBA Super, WBO, IBF va IBO kamarlarini qo’lga kiritgandi. Aleksandr 19 ta jangining barchasida zafar quchgan, 13 ta jang nokaut bilan yakunlangan.