Pike futbolga o'zgartirish kiritmoqchi

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jerar Pike futbol qoidalarini o’zgartirmoqchi.

“Futbol o’zgarishi kerak. Uning qoidalarini o’zgartirishga harakat qilish zarur. 90 daqiqa juda ko’p.

Biz futbol o’yinini tomoshabin uchun yanada qiziqarli, dinamikroq qilishimiz kerak. Hozirgi futbol loyihasi eskirgan.

Bu qiyin bo’ladi, lekin bular kerak bo’lgan narsalar», – deydi Pike.

Eslatib o’tamiz, o’yin vaqtini qisqartirish bo’yicha takliflar avvalroq futbol olamining ayrim taniqli shaxslari tomonidan bir necha bor bildirilgan.