«Paxtakor» va «Underdog» sport agentligi o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

«Paxtakor» futbol klubi hamda «Underdog» sport agentligi o’rtasida hamkorlik shartnomasiga imzo chekildi.

Ushbu sport agentligi sportchilar va tashkilotlar targ’iboti, ularni rivojlantirish, investitsiya jalb qilish bilan shug’ullanadi. Ayni paytda agentlik jahon bo’ylab sportchilar va klublar bilan ishlab, ularning ishonchli hamkoriga aylandi. «Qayrat» futzal klubi, «Jetisu» futbol klubi, «Brave» CF, «Suleimen Promotions», Leo Igita, Artyom Reznikov, Nursulton Ro’ziboyev va boshqa ko’plab sportchilar agentlik hamkorlari hisoblanadi.

Endilikda «Underdog» sport agentligi «Paxtakor» futbol klubi bilan hamkorlikni yo’lga qo’yib, klub va futbolchilar targ’iboti, klubga investitsiya jalb qilish yuzasidan ish olib boradi.