O’tgan mavsumni «Bunyodkor»da o’tkazgan Avazbek O’lmasaliyev erkin agent sifatida «Paxtakor» safiga ko’chib o’tdi. Bu haqda klub rasmiy sayt xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 22 yoshli O’lmasaliyev jamoa bilan ikki yillik kelishuv imzoladi. Himoya va yarim himoyada o’ynay oladigan Avazbek Superligada debyutini 17 yoshida «Neftchi» tarkibida nishonlagan. Superligada hozirga qadar «Neftchi», «Lokomotiv» va «Bunyodkor» safida 63 uchrashuvda 8 gol muallifiga aylangan.
tribuna.uz
Izohlarni ko`rish