22 yoshli futbolchi «Sherlar» bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.
O’tgan mavsumni «Bunyodkor»da o’tkazgan O’lmasaliyev erkin agent sifatida «Paxtakor» safiga ko’chib o’tdi va ikki yillik kelishuv imzoladi. Himoya va yarim himoyada o’ynay oladigan Avazbek Superligada debyutini 17 yoshida «Neftchi» tarkibida nishonlagan. Superligada hozirga qadar «Neftchi», «Lokomotiv» va «Bunyodkor» safida 63 uchrashuvda 8 gol muallifiga aylangan.
Izohlarni ko`rish