«Konyaspor» klubi hamda Turkiya milliy jamoasi sobiq futbolchisi Ahmad Chalik YTHga uchrab, vafot etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bergan.
Xabarda aytilishcha, futbolchi boshqaruvidagi avtomashina katta tezlikda yo’ldan chiqib ketib, ag’darilgan. Natijada, 27 yoshli futbolchi olgan jarohatlari sabab vafot etgan.
Ahmad Chalik Turkiya terma jamoasi safida ham 8ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Izohlarni ko`rish