BAAning Dubay shahrida karate bo’yicha kattalar o’rtasida navbatdagi jahon chempionati bahslari bo’lib o’tmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqada sayyoramizning besh qit’asidagi 104ta davlatdan jami 983 nafar sportchi g’oliblik uchun tatamiga chiqishmoqda. Jahon chempionatida vatanimiz sharafini O’tkam Bekpo’latov boshchiligidagi 15 nafar karatechimiz himoya qilishyapti.
Bugun erkaklar o’rtasida -75 kg vazn toifasidagi janglarda karate WKF bo’yicha milliy terma jamoamiz a’zosi, sport yakkakurashlari bo’yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi sportchisi Dostonbek Otabolayev finalga yo’l oldi.
U jahon chempionatining yarim finalida AQSh vakili Tomas Skottni 1:0 hisobida mag’lub etdi va final yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Endi hamyurtimiz 20-noyabr kuni bo’ladigan final jangida Misr vakiliga qarshi oltin medal uchun jang qiladi.
Karate WKF bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zolari 23-noyabr kuni tunda yurtimizga qaytib