Toshkentda o’tayotgan dzyudo bo’yicha jahon chempionatiga martabali mehmonlarning tashrifi davom etmoqda, deya xabar bermoqda Olympic.uz.
Bir necha daqiqa avval Butunjahon taekvondo WT federatsiyasi prezidenti Chungvon Choy Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelgan. Faxriy mehmonni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo’mita raisi o’rinbosari, O’zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi rahbari Sherzod Tashmatov boshchiligidagi mutasaddilar qarshi olishgan.
Janob Choy ertaga dzyudo bo’yicha dunyo birinchiligining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi. Shuningdek, mehmonning dasturidan taekvondo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasining bazasiga tashrif, Assotsiatsiya rahbariyati bilan uchrashuvlar ham o’rin olgan.