O'zbekistonda “Roma” akademiyasi ochilishi mumkin

O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari Italiyaning «Roma» klubi vakili Karlos Perez bilan uchrashuvda akademiya ochishni o’rganish borasida fikr bildirishdi.

Bundan tashqari, o’zbekistonlik iqtidorli futbolchilar hamda murabbiylarni Italiyada malaka oshirish va tajriba almashishini yo’lga qo’yish masalasi muhokama qilingan. Yevropada mavqei yuqori hisoblangan «Roma» klubining marketing tizimini ham o’rganib chiqib, mamlakatda tatbiq etish taklifi ilgari surilgan.

Eslatib o’tamiz, o’zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov 2021 yil yozidan buyon “Roma” safida to’p surib kelmoqda.