Joriy yilning 30 sentyabr – 9 oktyabr kunlari Italiyaning Jesolo shahrida kikboksing bo’yicha o’smirlar va yoshlar o’rtasida jahon chempionati bo’lib o’tdi.
Musobaqada ishtirok etgan sportchilarimiz 4 ta oltin, 7 ta kumush va 15 ta bronza, jami 26 ta medalni qo’lga kiritib, umumjamoa hisobida 20-o’rinni egalladi. Sportchilarimiz erishgan natija Osiyo mintaqasi bo’yicha ikkinchi o’rin bo’ldi.
-32 kg vazn toifasidagi layt-kontakt yo’nalishida Asadbek Abduraimov, -42 kg vazn toifasidagi low-kick yo’nalishida Ulug’bek Bahodirov, -45 kg vazn toifasidagi ful-kontakt yo’nalishida Miraziz Ortiqov, -60 kg vazn toifasidagi ful-kontakt yo’nalishida Mehroj Jumaboyev finalda raqiblarini mag’lub etib, musobaqaning oltin medallarini qo’lga kiritishdi.
Eslatib o’tamiz, sportchilarimiz ertaga Toshkent shahriga qaytib kelishadi.