Joriy yilning 12-22 yanvar kunlari AQShning Leyk-Plesid shahrida XXX Butunjahon qishki Universiada o’yinlari bo’lib o’tadi. Dunyoning 50 dan ortiq mamlakati ishtirok etadigan mazkur musobaqada O’zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi. Hamyurtlarimiz tog’ chang’isi, snoubord va figurali uchish sport turlarida jami 13 nafar atlet bilan okean ortiga yo’l oladi. Atletlar tarkibi quyidagicha:
Tog’ chang’isi:
Ra’no Imonqulova
Muhammadali Asanov
Arman Gayupov
Medet Nazarov
Rolan Raimqulov
Oqilbek Buxorboyev
Snoubord:
Dinara Jubayeva
Begzodbek Isroilov
Elnur Mirzaliyev
Ruslan Mirzaliyev
Aziz Saparbayev
Figurali uchish:
Azizmurod Shabazov
Niginabonu Jamoliddinova
Delegatsiya 10 yanvar kuni AQSh safariga jo’nab ketadi.
Izohlarni ko`rish