Otabek Shukurov turk klubiga o'tmoqda

O’zbekistonlik futbolchi to’p surayotgan Birlashgan Arab Amirliklarining “Sharja” futbol klubi matbuot xizmati xabariga ko’ra, Shukurov Turkiyaning “Fatih Karagümrük” klubi bilan yakuniy muzokaralar o’tkazmoqda.

Istanbul klubiga italiyalik mutaxassis Andrea Pirlo murabbiylik qiladi. Klub 2021/22 yilgi mavsumni 8-o’rinda yakunlagan.

Shukurov 2017 yildan buyon sharjaliklar safida o’ynab kelayotgandi. Unga qadar futbolchi “Mash’al”, “Buxoro” va “Bunyodkor” jamoalari sharafini himoya qilgan.