Nodirbek Abdusattorovda i 2 mln dollarni yutib olish imkoniyati bor

Nodirbek Abdusattorov ChessKid Cup-2023 turnirining Grand finaliga yo’l oldi.

1-divizionda 8 nafar kuchli shaxmatchilar dona surishdi, jumladan Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, Alirizo Firuzja va boshqalar.

Nodirbek Grand finalgacha Jyul Mussar, Fabiano Karuano hamda Yorden van Forestni mag’lub etdi.

Endi u Grand finalda o’z raqibini kutadi. Nodirbekdan mag’lub bo’lgan 3 nafar shaxmatchi yana saralashda qatnashadi va ularning bittasi Grand finalga chiqadi.

Turnirda 1-o’rinni olgan shaxmatchi 30 ming, 2-o’rinni olgan shaxmatchi 20 ming AQSh dollarini qo’lga kiritadi.

Ma’lumot uchun, ChessKid Cup-2023 bu Chempionlar turniriga kiruvchi 3-musobaqadir. Mukofot jamg’armasi 2 mln dollarni tashkil qiladigan The Champions Chess Tour jami 6 ta saralash turnirdan iborat. Saralash turnirlarda g’olib bo’lganlar yil oxirida Superfinalga chiqishadi.