«Navbahor»dan ajoyib natija

Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan «Navbahor» bugun Namangandagi «Markaziy» stadionda navbatdagi nazorat o’yinini o’tkazdi.

Qirg’izistondan tashrif buyurgan «Alay» bugun «Navbahor» mehmoni bo’ldi va yirik 4:1 hisobida mag’lubiyatga uchradi.

«Lochinlar» safida Elguja Grigalashvili dubl qayd etgan bo’lsa, Ehsoni Panshanbe va Ibrohim G’anixonov ham o’z hisobiga bittadan gol yozdirib qo’ydi. «Alay» safida kiritilgan yagona javob to’pi muallifi Nurboolot hisobiga yozildi.

Qayd etish joiz, uchrashuvni stadionidan turib, bevosita10 mingdan ziyod muxlis kuzatib bordi.

«Navbahor» – «Alay» – 4:1

Gollar: Elguja Grigalashvili 19′ 24′ Ehsoni Panshanbe 46′ Ibrohim G’anixonov 57 – Nurboolot 47

Navbahor: Rahimjon Davronov, Boyan Siger, Igor Golban, Xurshidbek Muxtorov, Davronbek Hoshimov, Azimjon Ahmedov, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov, Nurillo To’xtasinov, Elguja Grigalashvili, Zoran Marushich.