«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduning maoshi, agar klub Chempionlar ligasiga yo’llanma olmasa, 25 foizga kamayishi mumkin, deb xabar beradi «The Athletic».
Manbaga ko’ra, futbolchi hozirda yiliga 30 million yevro oladi. Qisqartirilgan taqdirda forvardning maoshi 22 mln yevrogacha kamayadi.
Qayd etish joiz, 36 yoshli Ronaldu joriy mavsumda barcha turnirlarda 24 ta o’yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.
Izohlarni ko`rish