Mujibillo Tursunov chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Xabaringiz bor, Serbiya poytaxti Belgrad shahrida boks bo’yicha jahon chempionati bahslari bo’lib o’tmoqda.

 

-63,5 kg vazn toifasida bokschimiz Mujibillo Tursunov 1/8 final bahsida Xitoy Taypey vakili Chu-En Laiga qarshi jang qildi. Jang uch raund davom etdi va hamyurtimiz keyingi bosqich yo’llanmasiga ega bo’ldi.

 

Ma’lum bo’lishicha, bokschimiz keyingi jangda kubalik sportchiga qarshi ringga ko’tariladi.