Muhammad Saloh tarixiy rekord qayd etdi

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsda (1:2) o’z hisobiga gol yozdirib qo’ydi.

Shu tariqa, misrlik futbolchi mersisaydliklar tarkibida «Manchester Yunayted»ga qarshi o’yindagi gollari sonini 10 taga yetkazib oldi va mazkur qarama-qarshilik tarixidagi eng yaxshi to’purarga aylandi.

Saloh bu borada 9 tadan gol urgan Stiven Jerrard («Liverpul» safida), Jorj Uoll va Sendi Ternbullni (ikkalasi ham «Manchester Yunayted») ortda qoldirdi.

Muhammad Saloh «Liverpul»dagi gollari soni bo’yicha sobiq futbolchi Stiven Jerrardga tenglashib oldi. Har ikkala futbolchida Premer Ligadagi gollar soni 120 tani tashkil etadi.

Saloh 2017 yildan buyon mersisaydliklar sharafini himoya qilib kelayotgan bo’lsa, Jerrard 1998 yildan 2015 yilga qadar «Liverpul» safida to’p surgan.