20 ta klub, jumladan, «Barselona» va «Yuventus» FFP qoidalarini buzganlikda gumon qilinmoqda.
UEFA o’tgan mavsumda moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan 10 ta jamoaga nisbatan sanksiyalarni kelasi oyda e’lon qilishi kutilmoqda. Ushbu ro’yxatga «Barselona», «PSJ», «Yuventus», «Inter» va «Roma» kiradi.
«PSJ» va «Marsel» ixtiyoriy kelishuv doirasida jarima, «Inter» va «Roma» jarima va transfer cheklovlari bilan jazolanadi.
«Barselona» va «Yuventus» UEFA bilan FFP masalasida muzokara qilishdan bosh tortdi.
Jami 20 ga yaqin jamoa, jumladan, «Arsenal» ham shubha ostida. Biroq, hamma klublar ham UEFAga hisobot taqdim etmagan, shuning uchun ularning ahvoli o’zgarishi mumkin.
Izohlarni ko`rish