Muhammad Saloh Chempionlar ligasi tarixidagi eng tez xet-trik qayd etdi

Muhammad Saloh Chempionlar ligasi tarixidagi eng tez xet-trik qayd etdi.

«Liverpul» hujumchisi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turida «Reynjers» bilan o’yinda (7:1) uchta gol urdi. Misrlikka bu ishni amalga oshirish uchun 6 daqiqa 12 soniya kerak bo’ldi. Barcha gollarda unga Diogu Jota yordam berdi.

Avvalgi rekord 2011-yilda Zagrebning “Dinamo” klubi darvozasiga 8 daqiqada uchta gol urgan “Lion” futbolchisi Bafetimbi Gomisga tegishli edi.

Endi Saloh joriy Chempionlar ligasining 4 ta o’yinida 5 ta golga ega – bungacha u «Reynjers» bilan oxirgi o’yinda (2:0) va «Ayaks» bilan (2:1) o’yinda bittadan gol urgan.

Eslatib o’tamiz, Premyer-liga doirasida Saloh 5 ta o’yindan buyon gol ura olmayapti – oxirgi marta 22 avgust kuni “Manchester Yunayted” bilan o’yinda (1:2) gol urgandi.